Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga qonunchiligimizda ajratilgan imtiyozlar.


“Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga qonunchiligimizda ajratilgan imtiyozlar.

 

Mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulugʻ maqsadga erishish yoʻlida asosiy tayanchimiz boʻlgan azmu shijoatli yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.

Ayniqsa, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim muassasalarini tamomlab, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yigit-qizlarni munosib ish va daromad manbai bilan taʼminlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar,
IT-texnologiyalarni oʻrgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Birgina 2021-yilning oʻtgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi hisoblangan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” asosida 430 ming nafar yigit-qizning hayotiy muammolarini hal etish uchun
300 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgani, 92 ming nafardan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2,3 trillion soʻm imtiyozli kreditlar, qishloq joylarda yashayotgan 230 mingdan ortiq yoshlarga dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun 61 ming gektar yer maydoni ajratilgani bu boradagi ishlarning koʻlami tobora kengayib borayotganligining yorqin misolidir.

Qolversa, jamiyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni
ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 2022-yilning 31-martdagi 145-son Qarori ham jamiyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir fuqarolarni
qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirishga qaratilganligini taʼkidlab oʻtish joyiz.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 28-apreldagi
250-sonli qarori tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra:

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

- Tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga
koʻmaklashish-Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, tijorat banklari kreditlaridan, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va kredit olishga
koʻmaklashish-Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan kredit va grantlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

- Xalq banki “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda koʻmaklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan soʻng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanishi.

Shunga koʻra, kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining
150 (bir yuz ellik) baravarigacha miqdorda ajratilishi, kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratilishi, kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratilishi, kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi boʻyicha alfavit tartibida shakllantirilgan qatʼiy navbat asosida ajratilishi belgilab qoʻyilgan.

“Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida esa:

Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlarga oʻz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdordagi kreditlar taʼminotsiz ajratilishi, mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamgʻarma kafilligi va boshqa taʼminot turlari asosida 225 million soʻmgacha miqdorda mikrokreditlar ajratilishi, kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan
3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratilishi, tijorat banklari tomonidan yoshlarga baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik,
meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda faoliyatlarini tashkil etish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratilishi belgilangan.

Yuqorida ilgari surilgan davlat dasturi va belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlab kelinayotganligi yurtimizda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulugʻ maqsadga erishishning asosiy poydevorlaridan biri boʻlib kelayabdi desak mubolagʻa boʻlmaymiz.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

katta maslahatchisi Oqilbek Rahimov.