Янгиликлар
Siz ish hajmi qisqarganligi (sokraщeniya) sabali ishdan bo‘shatilmoqdasiz sizning qanday huquqlaringiz mavjud.
Siz ish hajmi qisqarganligi (sokraщeniya) sabali ishdan bo‘shatilmoqdasiz sizning qanday huquqlaringiz mavjud.
Bu holatda ish beruvchi quydagilarga majbur
Mehnat kodeksi 102-moddasi birinchi qismiga asosan ish beruvchi hodimni mehnat shartnomasi bekor qilishdan kamida 2 oy oldin ogohlantirishga. (agar sizga ogohlantirish xati berilmasa, bu noqonuniy hisoblanadi)
Ogohlantirish muddati davomida, xodimga boshqa ish qidirish uchun haftada kamida bir kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqi berishga
Sizni qanday huquqlaringiz bor?
Siz ish beruvchi bilan kelishib yuqorida sizga berilgan ikki oylik ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiyaga almashtirish huquqingiz mavjud.(Mk 102-modda ikkinchi qisim). Kompensatsiyani olgandan so‘ng siz bilan mehnat shartnomasi bekor bo‘ladi.
Shundan keyin ham siz yana bir oylik ish haqingizni ishxonadan undirib olishingiz mumkin.
Mehnat kodeksining 67-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi: texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi) sababli; xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Shunday qilgan taqdiringizda bir oy ichida ham kompensatsiyani olasiz ham uchinchi oy uchun ham oldingi ish joyingizdan o‘rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo‘lasiz.
(albatta ikki oylik ogohlantirish muddati tugagandan keyin ham bandlikka murojaat qilsangiz uchinchi oy uchun oylik to‘lab beriladi)
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich