Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Shifokorlarga ustamalar beriladi.


Shifokorlarga ustamalar beriladi.

 

Kelgusida davlat tibbiyot muassasalari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularning oʻz kasbiy darajasini oshirib borishdan manfaatdorligini taʼminlash, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muhtaram prezidentimiz tomonidan 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatalash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolanib, ijroga qaratilgan.

Mazkur farmonda belgilanishicha, 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun – 15%ga, ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun – 10%ga va tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15%ga oshirilishi hamda bunda tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, farmon bilan 2022-yil 1-iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining umumiy hajmiga nisbatan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida – umumiy xarajatlarning 10%i hamda respublika va viloyat darajasidagi boshqa sogʻliqni saqlash muassasalarida – umumiy xarajatlarning 5%i miqdorlarda belgilanadi.

         Ushbu farmon bilan jamgʻarma mablagʻlarining 75%i guruhidan qatʼi nazar barcha davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga, 25%i – tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.

Bunda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100%igacha hamda boshqa xodimlarga 75%igacha oylik ustamalar yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 mln soʻmgacha maxsus oylik ustamalar, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30%igacha oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-xirurglar lavozim maoshining 25%i miqdorida qoʻshimcha ustama joriy etildi.

Bundan tashqari, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasida va mehnat faoliyatida ilmni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60%igacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30%igacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Qonunchilikda belgilanishicha, barcha tibbiyot xodimlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkaziladi.

2022-yil 1-iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak, Boʻzatov, Shumanay, Qoʻngʻirot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100%, Moʻynoq tumanida esa 200% miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama toʻlovlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

Bunda, mazkur bandda koʻrsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                     N. Anarqulova