Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Endilikda Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart boʻlmaydi.


Endilikda Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart boʻlmaydi.

 

Farzand-bu tojikchadan olingan boʻlib, ota-onaning bolasi maʼnosini anglatadi. Farzand- oʻtgan ajdodlarni kelajak avlodlar bilan abadiy bogʻlaydigan halqadir.

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarni olish uchun 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida tibbiyot muassasalari orqali FHDYO boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.

Endilikda bola tugʻilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan, bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.

Shundan soʻng, FHDYO boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi va tibbiyot muassasalari maʼlumotnomani bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu berilgan maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

Shuningdek, Otalikni belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDYO boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.

Kelgusida mazkur tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etiladi.

 

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahchisi                                                                N. Anarqulova