Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Toʻmaris izdoshlari-yurt tumori


Toʻmaris izdoshlari-yurt tumori

 

 

Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmarisning oʻgʻli Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Sparangiz va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Sparangiz oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashlardan soʻng, massagetlar gʻalaba qozonadilar. Toʻmarisning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqilgan.

                Jasorati, mardligi, oqilaligi bilan millatimizning gʻururi va iftixoriga aylangan Toʻmarisning qahramonligi yillar, asrlar oʻtsa-da, vatanparvarlik, jasorat va sadoqat timsoli boʻlib kelayotganligini inobatga olib, joriy yilning 19-yanvarida Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilinib ijroga qaratildi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-iyundan yoshi18 dan kichik va 30 dan katta boʻlmagan, umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni koʻngilli asosda jalb qilish orqali “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.

Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri - oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq masalalarni aniqlashda koʻmaklashish hisoblanadi.

Guruhlar respublikaning barcha tumanlarda 2 nafardan, kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan tumanlarda 3 nafardan ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida shakllantiriladi.

Mazkur guruh aʼzolari 1 yil davomida oʻqish va ish jarayoniga salbiy taʼsir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, Xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va xotin- qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qoʻshgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining Oliy taʼlim muassasalariga saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng yakka tartibdagi suhbatsiz, test sinovlarisiz kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, qarorga asosan, tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan koʻp boʻlgan taqdirda, ularni oʻqishga qabul qilish tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.

         Xulosa qilib aytganda, kelgusida Toʻmaris jasorati orqali yosh xotin-qizlarda yurtparvarlik, burchga sadoqat singari xislatlarni uygʻotish, yurt kelajagi va ravnaqi yoʻlida mardonavor kurashgan va matonat timsoliga aylangan ona Toʻmaris izdoshlarini tarbiyalashdir.

 

 

         Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                 N. Anarqulova