Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

FHDYO BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA


FHDYO BOʻLIMLARIDA HAM EKSTERRITORIALLIK AMALDA

 

Xabaringiz bor fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalari

 

·       tugʻilish

·       nikoh

·       oʻlim

·       nikohdan ajratishni qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Xoʻsh, xizmatlardan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish oʻzi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, yuqorida qayd etilgan davlat xizmatlarini istalgan FHDYO boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yohud respublikamizning boshqa hududiga bordingiz va u yerda Sizga FHDYO xizmatlariga zarurat tugʻildi.

Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDYO boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

 

 

Qibray tumani FXDYO

boʻlimi mudirasi v.v.b                                     D.Akromxodjayeva