Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi


Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi

 

Hukumat qarori (51-son, 02.02.2023 y.) bilan 2023–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturi tasdiqlandi

Milliy dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifat ko‘rsatkichlari jahon andozalari talablariga mos bo‘lgan, yuqori hosildor navlarini yaratishda xorijiy tajribalar almashish hamda mahalliy navlar va F1 duragaylarini yaratish hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

O‘zbekiston – Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazi;

O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazi.

Xorijiy va mahalliy genofonddan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav hamda duragaylarini yaratish tizimini yanada takomillashtirish va ushbu sohaga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish urug‘chilik ilmiy markazining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Shuningdek, mahalliy sharoitlarga mos, serhosil pista navlarini yaratish, ularning kolleksiyasini tashkil qilish pistachilik ilmiy markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Bekobod shahar Davlat xizmatlari markazi direktori   M.Nurmatov