Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin


Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

 

Quyida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

tuhmat;

haqorat qilish;

fuqaroning turar joyi daxlsizligini buzish;

fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor etish;

shaxsning hayot daxlsizligini buzish;

▫️yengil tan jarohati yetkazish;

mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;

            ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish;

transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;

haydovchilarni yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;

mayda bezorilik;

o‘zboshimchalik.

Ammo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i     X.Bibayev