Янгиликлар
Adliya javob beradi
Adliya javob beradi
Savol: Shariy nikoxdagi farzandimga aliment undirishim uchun otalikni belgilash buyicha qayerga va qanday xujjatlar asosida murojaat etishim kerak?
Javob: Oila kodeksining 62-moddasida, o‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, otalik sud tartibida belgilanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin bolaning o‘zi bergan arizaga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuqoridagi asosga ko‘ra, Siz sudga bolaga otalikni belgilash uchun murojaat qilsangiz bo‘ladi xamda bunday arizani Sizdan tashqari yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar xam berishlari mumkin.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich