Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya javob beradi


Adliya javob beradi

 

 

Savol: Yangi kodeks 30-apreldan kuchga kirsa, qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchalari so’ralmaydimi?

 

Javob: Yangi mehnat kodeksi 124-moddasiga (Ishga qabul qilish chogʼida talab etiladigan hujjatlar) ko’ra, ishga qabul qilish chogʼida ishga kirayotgan shaxs oxirgi ish joyi boʼyicha tasdiqlangan qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʼchirmani taqdim qiladi, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. Oʼrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining oʼrniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi maʼlumotnomani taqdim etadi.

 

Bilamizki, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etilgan. Ya'ni 2020-yil 1-yanvardan keyin 1-marta ishga kirganlar mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar faqat xodimning elektron mehnat daftarchasiga kiritiladi. Qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchasiga ega bo'lgan xodimlardan esa oxirgi ish joyi boʼyicha tasdiqlangan qogʼoz shaklidagi mehnat daftarchalari talab qilinadi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich