Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya javob beradi


Adliya javob beradi

 

 

Savol: Meni 16 yoshga to‘lmagan 2-guruh nogironligi bo’lgan farzandim bor. Ish joyim Toshkent shahrida. Sharoit taqozosi yuzasidan farzandim Samarqandda ota-onam bilan birga yashaydi. Qo’shimcha ta’tillarni va oyiga qo‘shimcha bir dam olish kunini farzanding sen bilan yashamas ekanku deb berishmayapti. Shu to’g’rimi?

 

Javob: Agar muomalaga layoqatli, onalik huquqidan mahrum qilinmagan bo’lsangiz va tegishli hujjatlar (farzandingizni tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi) ni taqdim qilgan bo’lsangiz, bunday kafolatlarni bermaslik qonunga zid.

Bu holatda Sizga 16 yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan farzandingiz borligi uchun bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni hamda har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Demak, har ikki kafolatdan foydalanasiz.

Mehnat kodeksining 230-moddasi hamda “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 85-bandiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola 16 yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi.

Bundan tashqari Mehnat kodeksining 232-moddasiga ko’ra, 12 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq bolalari yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich