Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya javob beradi


Adliya javob beradi

 

 

Savol: Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi boshqa viloyatdan olib kelinsa bu to'g'ri bo'ladimi? Xodim Toshkent shaxrida ishlaydi, doimiy turar joyi Qashqadaryo viloyati, balnichniy qog'ozini esa Jizzax viloyatidan qilib olib kelayabdi... Bu nechog'lik to'g'ri? Buxgalteriyada bu borada savollar bo'lmoqda, shu to'g'rimi?

 

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo’riqnomada mehnatga layoqatsizlik varaqasi xodimning faqat “doimiy yashash joyidan” yoki “vaqtincha ro'yxatda bo‘lgan joyi”dan berilsin degan qat’iy talab yo’q. Quyidagi holatlar belgilab berilgan:

Yo’riqnomaning 12-bandida, xizmat safari, mehnat ta’tili va boshqa sabablarga ko‘ra yashash joyida bo‘lmagan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bemor vaqtincha bo‘lgan joydagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bosh shifokor ruxsati bilan beriladi. Bemorning ahvoli yaxshilangach, davolanganligi to‘g‘risida ambulator kartasidan ko‘chirma berilgan holda doimiy yashash joyiga yuboriladi.

25-bandda chet elda vaqtincha bo‘lgan vaqtda kasallanganlik yoki chet elda davolanganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning davlat yoki rus tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim qilinganda, mehnatga layoqatsizlikni tasdiqlovchi asoslarni inobatga olib, bemorning yashash yoki ish joyidagi davolash-profilaktika muassasasining vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtiriladi.

42-bandda sanatoriy-kurortda davolanish davrida kasallik (jarohat) tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelsa, ushbu muassasa shifokorining tavsiyasi asosida sanatoriy joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan vaqtincha layoqatsizlikning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

46-bandda uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga hamda karantinga olingan shaxslarning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.

59-bandda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini noto‘g‘ri rasmiylashtirgan, asossiz bergan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich