Янгиликлар
Jinoyat uchun jazo muqarar
Jinoyat uchun jazo muqarar
O‘zbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.
Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limining tegishli ma’lumotlariga ko‘ra Dastlabki tergov davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Bekobod tumanida tug‘ilgan UFA, Bekobod tumanida yashab kelib, 2022 yil 17 iyul kuni soat taxminan 21:30 larda, alkogol mastlik holatida o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan qo‘shnisi ya’ni, Bekobod tumanida yashovchi D.M.Ining yashash xonadoni yotoqxonasiga yuziga tibbiyot niqobini taqib, bosh sohasiga esa oq rangli chit matosini o‘ragan holatda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mazkur yotoqxonadagi javon ichidan moddiy qimmatliklar va pul mablag‘larini qidirayotgan vaqtida xonadon egasi D.M.I uyg‘onib qolganligini bilib, o‘zi bilan birga olib kelgan amalda inson hayoti va sog‘lig‘iga shikast yetkazuvchi uzunligi 67 sm. bo‘lgan taxta bo‘lagi bilan fuqaro D.M.I ga hujum qilib, uning bosh, yelka va orqa kurak sohalariga bir necha marotaba qasddan urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.
Bekobod tumani tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, D.M.Ida “bosh tepa sohasi, chap yelka yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi” kabi tan jarohatlari olganligi qayd qilingan.
Shunday qilib, UFA bosqinchilik ya’ni, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni qo‘llab, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatishda ifodalangan o‘zining jinoiy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining xukmiga ko‘ra, UFA O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlangan.
Yuqoridagilarni ko‘rib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan o‘z haq huquqlarini bilishlarini hamda, o‘z navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy bo‘lgan qonun hujjtlariga og‘ishmay rioya qilishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik.
Mualiflar:
Bekobod tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslaxatchisi Musaev Sunnatillo Soibjonovich
Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi katta tergovchisi kapitan Djumabaev Baxrom Eshkulovich