Янгиликлар
Jinoyat uchun jazo muqarar
Jinoyat uchun jazo muqarar
O‘zbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.
Dastlabki tergov davomida to‘plangan dalillarga ko‘ra: Bekobod tumanida tug‘ilgan DXA, jinoyat sodir etish yo‘liga kirib, shaxsga qarshi jinoyatlar turkimiga kiruvchi, sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ifodalangan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etgan.
Jumladan, u Bekobod tumanida yashab kelishi davrida, 2022 yil 02 iyul kuni taxminan soat 23:00 larda o‘zining o‘rtog‘lari bilan birgalikda boshqaruvidagi jentra rusumli avtomashinasida Ruxshona nomli oshxonaga ovqatlanish uchun kelib, ushbu joyda kech bo‘lganligi sababli ovqatlari qolmaganligini bilib, oshxona oldidan ketish uchun mashinasini orqa tomonga haydayotib, ortida turgan AAAning boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinaning old qismidan turtib olgan vaqtida ularga yaqin bo‘lgan joydan yo‘ldan piyoda sifatida o‘tib ketayotgan mast holatda bo‘lgan Bekobod tumanida tug‘ilgan MMT tomonidan uni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishi oqibatida u bilan o‘zaro og‘zaki tortishib qolib, MMTning jag‘ qismiga bir marotaba qo‘l mushti bilan urgan. Oqibatda MMT o‘z muvozanatini yo‘qotib yerga bosh qismi yiqilib tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan.
Ish yuzasidan o‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fuqaro MMTning sud tibbiy ekspertizasida aniqlangan bosh miya yopiq jarohati, bosh miya o‘rta darajali lat yeyishi, chap miya yarimshari peshona tepa sohasi miya ichi plastinkasimon gematomasi, chap tomonlama peshona tepa chakka sohasi miya qattiq pardasi ustiga va ostidagi gematomasi, o‘ng tomonlama miya yarimshari miya qattiq pardasi usti va ostidagi gematomasi, subarxnoidal qon quyilishi, bosh miya chap yarim shari kontuzion o‘chog‘i; rezeksion treponatsiya operatsiyasidan keyingi holat; qattiq o‘tmas jism yoki shu kabi jismlar ta’sirida yetkazilgan bo‘lib, bu jarohatlarning olingan vaqti tibbiy hujjatga asosan 2022 yil 02 iyul kuniga to‘g‘ri kelishi, ushbu tan jarohatlari birgalikda HAYoT UChUN XAVFLI BO‘LGAN og‘irlik darajasi bo‘yicha OG‘IR tan jarohati toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, DXA, o‘zining, O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishda ifodalangan jinoyatni sodir etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining xukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
Yuqoridagilarni ko‘rib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan o‘z haq huquqlarini bilishlarini hamda, o‘z navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy bo‘lgan qonun hujjtlariga og‘ishmay rioya qilishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik.
Mualiflar:
Bekobod tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslaxatchisi Musaev Sunnatillo Soibjonovich
Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi katta tergovchisi kapitan Djumabaev Baxrom Eshkulovich