Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Hukumat qarori (726–son, 28.12.2022 y.) bilan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi


Hukumat qarori (726–son, 28.12.2022 y.) bilan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi

Reglament bilan quyidagilar belgilandi:

maktabgacha, umumiy oʼrta va oʼrta maxsus hamda professional taʼlim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qoʼyiladigan talablar;

yozuv uchun moʼljallangan matbaa mahsulotlariga koʼyiladigan xavfsizlik talablari;

oʼquv nashrlari va qoʼshimcha taʼlim uchun nashrlar xavfsizligiga qoʼyiladigan talablar;

yozuv uchun matbaa mahsulotlari, oʼquv nashrlari va qoʼshimcha taʼlim nashrlarini qadoqlashga doir talablar;

matbaa mahsulotini identifikatsiyalash, namunalarni tanlash va nazorat qilish uslublari.

Reglament foydalanuvchilarning hayoti va sogʼligʼini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek, isteʼmolchilarning chalgʼishiga olib keluvchi harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.

Jumladan, umumiy oʼrta taʼlim va oʼrta maxsus hamda professional taʼlim uchun oʼquv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qoʼllash mumkin emas.

Shuningdek, taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarida gazeta qogʼozi va yaltiroq qogʼozdan foydalanishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Yosh toifasiga qarab nashrlar:

▫️1-4-sinflar;

▫️5-9-sinflar;

▫️ 10-11-sinflarga moʼljallanadi.

Nashr vazni darsliklar uchun:

▫️1-4-sinflar uchun 300 gramdan;

▫️5-6-sinflar uchun 400 gramdan;

▫️7-9-sinflar uchun 500 gramdan;

▫️ 10-11-sinflar uchun esa 600 gramdan oshmasligi kerak.

1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli boʼyoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, koʼp ustunli terish qoʼllanilmaydi.

Reglament rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʼtgach amalga kiritiladi.

 

Chinoz tumani adliya boʼlimi Inson huquqlarini

himoya qilish va huquqni qoʼllash amaliyotini

oʼrganish boʼlinmasi yetakchi maslahatchisi

Ennazarov Maqsud Аbdiraxmatovich