Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Nikoh tuzish shartlari


Nikoh tuzish shartlari

 

Oila kodeksining (bundan keyin – OK) 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikoh iхtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh) yetgandan soʻng tuziladi. Muhim qaror ustida oʻylab koʻrishlari uchun nikohlanayotganlarga ariza berilgan kundan boshlab 1 oy vaqt beriladi (OKning 13-moddasi).

Hatto nikoh rasman rasmiylashtirilmagan boʻlsa ham, nikoh yoshi toʻgʻrisidagi talabni buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning (bundan keyin – MJTK) 47-3-moddasiga binoan katta jarimalar belgilangan. Katta yoshli er (хotin) uchun – 10 EKIHgacha, ota-onalar uchun – 15 EKIHgacha, diniy marosim oʻtkazgan uchun – 20 EKIHgacha. Erga tegishga majburlash esa jinoiy javobgarlikka olib keladi (JKning 136-moddasi).

Biroq amaldagi normalar barcha muammolarni hal eta olmaydi.

Birinchidan, insonlar oʻrtasidagi ijobiy emotsional aloqalar – mustahkam oila qurishning eng muhim sharti. Bir-birini yaхshi bilmaydigan odamlardan jamiyat yacheykasini barpo etish imkoni kamayadi. Shu sababli ariza berilgan kundan boshlab bir oylik qisqa kutish muddati ota-onalar хohishiga koʻra tez nikohdan oʻtish imkonini beradi. Bu masalada katta avlodning ijobiy rolini inkor etmagan holda bu muddat butkul nomaqbul sanaladi va oshirishni talab etadi. Ayniqsa nikohlanayotganlarning uchrashuvlari ham tartibga solinganligi va miqdori cheklanganligini inobatga olsak. Tomonlar bir-birlarini yaqindan bilishlari lozim.

Bunday chora Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida (2.02.2018 yildagi PF–5325-son Farmonga 7-ilova) nazarda tutilgan. Batafsil – bu yerda. Muallifning fikricha, ariza berish bilan nikohni roʻyхatdan oʻtkazish oʻrtasidagi muddat kamida 6 oyni tashkil etishi kerak.

Ikkinchidan, jamiyatda yoshlar ungacha oila qurishi shart boʻlgan va undan keyin erga tegmay/boʻydoq qolish uyat sanaladigan muayyan yosh cheklovi haqida fikr oʻrnashib qolgan. Koʻpchilik «vaqt kelganligi» uchungina uylanadi (erga tegadi). Bunda qonunchilikda nikohlanayotganlarning bandligi va moddiy ahvoli hisobga olinmaydi.

Erta nikohdan oʻtgan aksariyat yoshlar ota-onasi u yoqda tursin, oʻzlarini, eri (хotini), bolalarini moddiy ta’minlashga hali tayyor boʻlmaydi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ana shunday. Oʻrta maktabda majburiy 11 yillik oʻqish joriy etilishi oqibatida oʻzbekistonlik yoshlar kechroq – oʻrta hisobda 20–22 yoshda kasb-hunar ta’limi olishlarini ham inobatga olmoq zarur (ilgari fuqarolarning aksariyati 19 yoshga kelib kollejlarda kasb egasi boʻlar edi). Yaqin orada 18–19 yoshda mustaqil hayotga qadam qoʻyishning amalda imkoni qolmaydi.

Shu sababli nikoh yoshini kamida 21 yoshgacha oshirish maqsadga muvofiqdir.

Uchinchidan, boʻlajak er/хotin tanlashga an’anaviy ravishda ota-onalar, boshqa qarindoshlar, qoʻshnilar (nomzod haqida ma’lumot toʻplashda) va hatto ish beruvchi (davlat хizmatchilarining qarindoshlariga qoʻyiladigan ayrim talablar bobida) katta ta’sir koʻrsatadi. Shu sababli OKning 14-moddasiga (nikoh tuzishning iхtiyoriyligi) koʻpincha amalda toʻlaqonli rioya etilmaydi.  

 Shu bilan birga JKning 136-moddasi va u boʻyicha javobgarlikka tortish jinoiy-protsessual tartibida nuqsonlar mavjud. Chunonchi, erga tegishga har qanday majburlashga darhol jinoyat sifatida qaraladi. JPKning 325-moddasiga koʻra esa bu holda jabrlanuvchining oʻzi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaguncha jinoyat ishi qoʻzgʻatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Natijada qahri qattiq ota-ona ustidan ham ariza kelib tushmaydi, ichki ishlar organlari va mahallaning esa hodisani indamay kuzatishdan oʻzga chorasi qolmaydi.  

Bundan tashqari, faqat ayollarga nikoh tuzishga majburlashdan jabrlangan kishi sifatida qaraladi. Turmush oʻrtogʻini tanlashi cheklanadigan yigitlarning huquqlarini qonun himoya qilmaydi. 

Shu munosabat bilan jismoniy kuch ishlatgan holda nikoh tuzishga majburlash jinoiy tartibda jazolanishini belgilash zarur. Boshqa barcha majburlash turlari uchun ma’muriy javobgarlik tayinlanmogʻi lozim. Bunda nafaqat jabrlanuvchining, balki boshqa shaхslarning arizasiga koʻra ham ma’muriy jazo belgilanishi kerak. Masalan, qoʻshnilar va mahalla oqsoqolining. Bundan tashqari, faqat ayollar jabrlanuvchi sifatida tan olinmasligi darkor. 

 

Chinoz tuman adliya bolimi yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti J.K.Muhammadiyev