Янгиликлар
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritildi
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–816-son, 06.02.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Jumladan, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
- Haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha litsenziya uchun BHMning 10 baravari (3 mln. soʻm) miqdorida davlat boji undiriladi.
➡️ Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat taʼlim faoliyatini litsenziyalash ustunida (29-ustun) haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab oʻtildi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi E.Eshonqulov