Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toʻxtatildi


Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toʻxtatildi

“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

➡️ Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha toʻxtatiladi.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qoʻllanilmaydi.

Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.

Tadbirkorlar tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha toʻxtatib turiladi.

2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qoʻllanilmaydi.

Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toʻxtatiladi.

Qarorga koʻra, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi E.Eshonqulov