Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin


Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin

Quyida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

- tuhmat;

- haqorat qilish;

- fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;

- fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish;

- shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;

- yengil tan jarohati yetkazish;

- mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;

- ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish;

- transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;

- haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;

- mayda bezorilik;

- oʻzboshimchalik.

Ammo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov