Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi


Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (44–son, 31.01.2023-y.) bilan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

-         tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);

-         tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);

-         umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);

-         umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

-         umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);

-         psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.

Shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi E.Ergashev