Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Paxta maydonlarni sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi


Paxta maydonlarni sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi

“Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

- mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning taʼsischilarini yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan boʻladigan munosabatlariga taʼsir oʻtkazish qatʼiyan man etiladi;

- paxta-toʻqimachilik klasterlariga toʻrt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qoʻshimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.

2023-yil hosilidan har yili 1-oktyabrgacha paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan fermer xoʻjaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023-yil hosili uchun 2023-yil 1-fevralga qadar).

Shuningdek, 2023-yildan:

- xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi;

- paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

- 2025-yil 1-yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral oʻgʻitlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qoʻllaniladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi F.Nazarov