Янгиликлар
Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur axborotni taqdim etish
Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur axborotni taqdim etish
Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur bo‘lgan axborot ma’muriy organning mansabdor shaxsi yoki axborotni taqdim etish o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa xodimi tomonidan taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma tarzidagi axborot qoida tariqasida:
arizaning shakliga;
arizaning mazmuniga;
ariza berish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatiga;
arizaning shakli va mazmuniga doir talablarni buzish oqibatlariga;
hujjatlarni qabul qilish va berish vaqtiga;
arizani ko‘rib chiqish muddatlari va tartibiga;
ma’muriy va protsessual hujjatlar hamda harakatlar ustidan shikoyat qilish tartibiga oid masalalar yuzasidan taqdim etiladi.
Ma’muriy organ arizalar namunalaridan va ma’muriy ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat varaqalaridan (blankalardan), shuningdek ularni to‘ldirish, shu jumladan ma’muriy organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalardan foydalanishni ta’minlashi shart.
Ma’muriy organ arizachiga qonunchilikka muvofiq zarur yordam ko‘rsatishi shart.
Arizachi tomonidan xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish
Agar arizada to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan xatolar mavjud bo‘lsa, ma’muriy organ ularni to‘g‘rilash uchun arizachiga imkoniyat va muddat beradi.
Agar arizaga doir ilovada qonunchilikka binoan talab qilinadigan yoki arizachi havola qilayotgan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, ularsiz ma’muriy hujjatni qabul qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy organ arizachiga yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini, buning uchun muddat belgilagan holda, berishi kerak.
Xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun ma’muriy organ tomonidan belgilanadigan muddat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, besh ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim. Ma’muriy organ arizachining iltimosnomasiga binoan ushbu muddatni besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatga uzaytirishi kerak.
Ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida to‘xtatib turiladi.
Olmaliq shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi B.Ro’ziyev