Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish


Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’min eta borib, o‘z hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish vaqtida qonuniylikni ta’minlash

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.

Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llaydilar.

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish chog‘ida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.

 

Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i                                   A.Umarov