Янгиликлар
Adliya javob beradi
Adliya javob beradi
Savol: Pedagogika yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar bogʻchalarda ishlashi mumkinmi ?
Javob: Hukumatning 2018-yildagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan,
Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan talabalar davlat maktabgacha taʼlim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Ularga oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi boʻyicha oylik belgilanadi.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich