Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya javob beradi


Adliya javob beradi

 

SAVOL; Qanday hollarda maktab oʻqituvchilariga moddiy yordam koʻrsatiladi.

JAVOB; Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yil kungi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 33-bandiga asosan, umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga koʻra yoki umumtaʼlim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan:

1) Favqulodda hollarda, yaʼni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda,

2) Xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) ogʻir jarohat olganda,

3) Xodim va uning yaqin qarindoshi ogʻir kasallikka chalinganda,

4) Xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatiladi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich