Янгиликлар
Adliya javob beradi
Adliya javob beradi
SAVOL;Men bolalar nafaqasi uchun ariza bermoqchi edim. Shu arizani mahalladan boshqa joyga xam topshirsam boʻladimi yoki faqat mahallaga topshirishim kerakmi?
JAVOB;Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman yoki shahar boʻlimi boshligʻining nomiga ariza yozilib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga taqdim etiladi deb koʻrsatib qoʻyilgan.
Demak Siz arizani Pensiya jamgʻarmasi boshligʻini nomiga yozasiz lekin, mahalla fuqarolar yigʻiniga berishingiz kerak.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich