Янгиликлар
Adliya javob beradi
Adliya javob beradi
Savol: pensionerlar va 1-2 guruh nogironligi boʻlgan shaxslar mol-mulk soligʻidan ozod qilinganmi?
Javob: Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan, pensionerlar hamda 1-2 guruh nogironlari mulkida boʻlgan mol-mulk soligʻidan OLTMISH KVADRAT METR doirasida soliq solishdan ozod qilingan.
Pensionerlar ushbu huquqlaridan pensiya guvohnomasini, 1-2 guruh nogironligi boʻlgan shaxslar esa pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasini oʻzi yashab kelayotgan hududdagi soliq organiga shaxsan taqdim etish yoʻli bilan foydalanishlari mumkin.
Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi
Musayev Sunnatillo Soibjonovich