Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya javob beradi


Adliya javob beradi

 

 

Savol: temir daftarga kimlar kiritiladi ?

Javob: Hukumatning 250-son qaroriga ilova qilingan "Vaqtinchalik tartib"ga asosan, har bir sektor boʻyicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

Belgilangan tartibda kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgan oilalar;

Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan aʼzolari mavjud oilalar;

Kam taʼminlangan yakka-yolgʻizlar va keksalar;

Boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand oilalar;

Koʻp (4 va undan ortiq) farzandli moddiy koʻmakka muhtoj oilalar;

Mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar

Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzi yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy boʻlmagan ehtiyojmand oilalar.

Agar talabgor ayollar yoki yoshlar daftariga kiritilgan boʻlsa va temir daftar talablariga xam toʻgʻri kelsa unday oilalarning roʻyxati oʻsha kiritilgan daftarlarida yuritiladi. Bir vaqtda xam birinchi daftarda xam ikkinchi daftarda yuritilmaydi.

 

Bekobod tumani adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi

Musayev Sunnatillo Soibjonovich