Янгиликлар
Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyati yaratiladi.
Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyati yaratiladi.
Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyatini yaratishga oid Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, apostilь qo‘yishning yagona tizimini yaratish taklif etilmoqda. Yangi tartib bilan xizmatdan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi, ortiqcha vaqt va mablag‘ tejaladi. Qolaversa, apostilning haqiqiyligini onlayn tekshirib olish mumkin bo‘ladi.
Ma'lumot o‘rnida, elektron apostilь tizimi chet el mamlakatlarida 2006 yildan joriy etila boshlangan. Apostilь bilan xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konventsiyaning (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabrь) a'zosi bo‘lgan davlatlarning barchasi elektron apostilь qo‘yilgan rasmiy hujjatni tan olishga majburdir.
Xalqaro hususiy huquqning Gaaga Konferentsiyasi tomonidan belgilangan qoidalarga ko‘ra, vakolatli organlar elektron apostilь tizimini joriy etmasdan, elektron hujjatlarga an'anaviy tarzda apostilь qo‘yilishi man etiladi. Bu esa dunyo bo‘ylab elektron apostilь tizimi rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Rasmiy hujjatlarga elektron tarzda «Apostille» maxsus shtampini qo‘yish tartibi AQSh, Buyuk Britaniya, Avstriya, Belьgiya, Koreya, Gruziya, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya kabi mamlakatlarda joriy etilgan.
Gaaga Konferentsiyasi tomonidan Elektron apostilь modeli asosida bo‘lgan ba'zi texnik jihatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolangan (2017 yil 18 apreldagi 18-son hujjati). Unga ko‘ra, Konventsiyaning a'zosi bo‘lgan davlatlarning barchasida elektron apostilь tizimi mazkur Memorandumda belgilangan qoidalar asosida joriy etilishi lozim.
140 mamlakat a'zo bo‘lgan Gaaga Konventsiyasiga asosan bugungi kunda 41 davlatda E-register tizimi orqali Apostilь qo‘yilgan hujjatlarni tekshirish, 19 davlatda E-App dasturi orqali Apostilni elektron ko‘rinishda qo‘yish imkoniyati yaratilgan.
MDH davlatlari orasida Tojikistonda elektron apostilь tizimi 2016 yilda joriy etilgan. Rossiyada esa E-register tizimi 2014 yildan beri muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
O‘zbekiston mazkur Gaaga Konventsiyasiga 2011 yilning 25 martida a'zo bo‘lgan. Biroq, hozirga qadar mamlakatda apostilь qog‘oz shaklda berib kelinmoqda.
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
Bo’lim boshlig`i Berdikulov Xasan G’ulomjonovich