Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

"LITSENZIYA" AXBOROT TIZIMI


                                               "LITSENZIYA" AXBOROT TIZIMI

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-son qaroriga asosan endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;

– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Bunga asosan talablar:

—Boj olinmaydigan savdo do’koni xududi savdo zallari xududini, yordamchi binolar va do’kon omborini o’z ichiga oladi xamda bojxona nazorati zonasi xisiblanadi.

—Boj olinmaydigan savdo doʼkonining savdo zali, yordamchi binosi va ombori:

—Boj olinmaydigan savdo doʼkonining normal faoliyat koʼrsatishi uchun yetarli boʼlgan maydonga yega boʼlishi;

—Bir-biriga bevosita yaqin joyga (bojxona nazorati zonasida) joylashtirilishi kerak;

quyidagilar bilan:

—Bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan mos keladigan tovarlar hisobini yuritadigan avtomatlashtirilgan tizim;

—Aloqa vositalari (shu jumladan telefon, maʼlumot uzatish tarmogʼi, Internet);

—Savdo zallari hududini, yordamchi binolar va doʼkon omborini toʼliq nazorat qilish hamda bojxona organlariga videomaʼlumotlarni uzatish, shuningdek, ushbu maʼlumotlarni uch oy davomida saqlash imkoniga yega boʼlgan uzluksiz ishlovchi videokuzatuv tizimi hamda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʼrnatilgan, kunu-tun ishlaydigan videokuzatuv vositalari bilan jihozlanishi kerak.

—Tovarlar faqat boj olinmaydigan savdo doʼkonining savdo zallarida sotilishini hamda ularga nisbatan bojxona nazorati oʼtkazish imkoniyatini taʼminlaydigan tarzda jihozlanishi;

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 150 000 so'm (BHMning 50 foizi)

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 500 000 so'm (BHMning 5 baravari)

Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

Ruxsatnoma cheklangan muddatga beriladi.

Izoh: Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

                             Bekobod tumani Adliya bolimi Davlar xizmatlari markazi

               bo’lim boshlig’i Berdikulov Xasan G’ulomjonovich