Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

CHET ELLIKLARNI VAQTINCHALIK ROʻYXATGA OLISH BOʻYICHA TALABLAR SODDALASHTIRILMOQDA


ChET ELLIKLARNI VAQTINCHALIK ROʻYXATGA OLISH BOʻYICHA TALABLAR SODDALASHTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 30.01.2023-yildagi “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 35-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha roʻyxatga olish uchun yagona muddat oʻrnatilmoqda – 3 kun ichida.

           Shuningdek, mamlakatda boʻlish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha roʻyxatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda. Endilikda bunday huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiradi.

 Ubaydulla Mirzayev. Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori