Янгиликлар
“ELEKTRON SHAHODATNOMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILMOQDA
“ELEKTRON SHAHODATNOMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILMOQDA
Vazirlar Mahkamasining 31.01.2023-yildagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi 44-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomanining davlat namunasi, shuningdek elektron shahodatnomani shakllantirish va berish tartibi tasdiqlanmoqda. Endilikda har yili:
· 1-dekabrga qadar maktab maʼmuriyati bitiruvchilar haqida maʼlumotni elektron dasturga kiritishadi (maʼlumotlar 25-mayga qadar yangilanishi va oʻzgartirilishi mumkin);
· 30-mayga qadar tuman taʼlim boʻlimi kiritilgan maʼlumotlarni tekshirib, tasdiqlaydi;
· 15-iyunga qadar maktab pedagogik kengashi bitiruvchilarga shahodatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
· Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi elektron shahodatnomalar uchun seriya va tartib raqamini ajratadi;
· 20-iyunga qadar maktab maʼmuriyati yakuniy baholarni elektron tizimga kiritadi, shundan soʻng “Elektron shahodatnoma” tizimida QR-kod tasviri tushirilgan va bitiruvchi tomonidan yuklab olinishi mumkin boʻlgan shahodatnoma shakllantiriladi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 01.02.2023-yildan kuchga kirdi.
Ubaydulla Mirzayev. Bekobod tumani adliya bщlimi Davlat xizmatlari markazi direktori