Янгиликлар
Ijodiy ta’tillar berish va ularning muddati TARTIBI
Ijodiy ta’tillar berish va ularning muddati
TARTIBI
Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun ilm toliblariga nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini, shuningdek, darsliklar va o`quv-uslubiy qo`llanmalar qo`lyozmalarini tugallashlari uchun mualliflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi o`rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda o`quv-uslubiy qo`llanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha; doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha bo`lgan muddatga ijodiy ta’tillar beriladi.
Ijodiy ta’tillarga haq to`lash belgilangan mehnatga haq to`lash fondi, shuningdek, ilmiy kadrlar tayyorlash uchun nazarda tutiladigan mablag`lar doirasida amalga oshiriladi.
Jamoa shartnomalarida yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi Qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o`rtasidagi bitimga ko`ra mazkur Tartibning 1-bandida nazarda tutilgandagiga qaraganda ish beruvchining mablag`lari hisobiga ijodiy ta’tillarning muddati uzoqroq muddatga belgilanishi mumkin.
Ijodiy ta’tillar davlat oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga - ushbu muassasalar Ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko`ra direktor (rektor) tomonidan; boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga - ilm tolibi biriktirib qo`yilgan oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilot Ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko`ra vazirlik (idora) tomonidan beriladi.
Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga beriladigan ijodiy ta’tillarni rasmiylashtirish uchun kafedra, sho`’ba, laboratoriya va shunga o`xshashlar Kengashga sabablari ko`rsatilgan iltimosnoma yuboradi.
Ijodiy ta’til berish to`g`risidagi tavsiyanoma ilmiy ishning muhimligini, olib borilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani ta’til vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda Ilmiy kengashlar tomonidan beriladi.
Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo`lgan ta’tilni berish vaqti va muddatlari ko`rsatiladi.
Ijodiy ta’til olgan shaxslar, ta’til tamom bo`lgandan so`ng, qilingan ishlar to`g`risida hisobot taqdim еtadilar.
Davlat oliy o`quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkiloti Ilmiy kengashining tavsiyanomasiga ko`ra darsliklar yoki o`quv-uslubiy qo`llanmalar yozishlari uchun asosiy ish joylaridan ijodiy ta’til beriladi.
Ish mualliflar jamoasi bilan yoziladigan bo`lganda ijodiy ta’til mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlangan yozma holdagi arizaga ko`ra mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga beriladi.
Ijodiy ta’til tamom bo`lgandan so`ng muallif oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti), ilmiy tashkilotning Ilmiy kengashiga qo`lyozma holidagi ishni, asosiy ish joyidagi muassasa, korxona, tashkilotning rahbarlariga еsa ishning tugallanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiradi.
Nodavlat oliy o`quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijodiy ta’tillar berish hamda ularning muddati jamoa shartnomasida (agar u ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o`rtasidagi bitimga ko`ra tuzilmagan bo`lsa) yohud mazkur Tartibning 3-10-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga, shuningdek, darsliklar yoki o`quv-uslubiy qo`llanmalar mualliflariga navbatdagi ta’tillar, ular ijodiy ta’tillardan foydalanganliklaridan qat’i nazar, qonun bilan belgilangan tartibda beriladi.
Chinoz tuman adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti
A.Teshaboev