Янгиликлар
Barcha maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi
Barcha maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, taʼlim sifatini oshirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
2023-yil 1-sentyabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda oʻquvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2023/2024 oʻquv yilidan:
bosqichma-bosqich yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi;
respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi;
davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratiladi.
2023-yil 1-apreldan maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida:
yangi davlat bogʻchalarini koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi;
davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bogʻchani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari boʻyicha garovga qoʻyishga oid cheklovlar bekor qilinadi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya
qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini
oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi
Gamletov Davronbek Ulugʻbek oʻgʻli