Янгиликлар
Kutubxonalarda Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi
Kutubxonalarda Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi
Joriy yilning 7 fevral kuni “O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi Prezident qarori qabul qilindi
Mazkur qaror bilan O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.
2023 yil 1 iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantiriladi.
2023 yil 1 iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.
2023 yil 1 maydan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.
Qarorga ko‘ra shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi.
2023 yildan Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishini ta’minlanadi.
Bo‘ka tuman adliya bo‘lim
inson hquqlarini himoya qilish
va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish
bo‘lim bosh maslahatchisi G.Sodiqova