Янгиликлар
Nodavlat talim xizmatlari kursatish soxasidagi faoliyat
Nodavlat talim xizmatlari kursatish soxasidagi faoliyat
Oʻzbekiston respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunida nodavlat taʼlim tashkiloti faoliyati nazarda tutilgan.
Unga asosan nodavlat taʼlim tashkiloti — davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini berishi belgilab oʻtilgan. Ushbu qonunda nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini litsenziya asosida amalga oshirishi belgilab qoʻyilgan va nodavlat taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan quyidagi faoliyat turlari uchun litsenziya olinadi:
- maktabgacha taʼlim;
- umumiy oʻrta taʼlim;
- oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi;
- oliy taʼlim;
- oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari taʼlim.
Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Taʼlim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʻrsatadi, davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi. Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada koʻrsatilgan oʻquv dasturlari boʻyicha taʼlim xizmatlari koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beriladi.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi va yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish kerak boʻladi. Nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari boʻyicha oʻqitish taʼlim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuziladigan, oʻqitish muddatlari, shartlari va toʻlovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida "Litsenziya" axborot tizimi ishga tushirilgan boʻlib Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya olish xizmati ham license.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
N.Toymuxamedov
Boʻka tuman davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi