Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Shahodatnomalar elektron tarzda berilishi joriy etilmoqda.


                   Shahodatnomalar elektron tarzda berilishi joriy etilmoqda.

 

Joriy yilning 31 yanvarida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.

Mazkur Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib borilib, maktab shaxodatnomalari to‘liq raqamlashtiriladi.

Elektron shaxodatnoma davlat namunasi tasdiqlanib, qog‘oz ko‘rinishidagi shaxodotnoma blankalaridan to‘liq voz kechiladi.

Mazkur Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:

-tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma 9-sinf bitiruvchilariga;

-tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma 9-sinf bitiruvchilariga;

-umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma 11-sinf bitiruvchilariga;

-umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida kumush medal bilan shahodatnoma 11-sinf bitiruvchilariga;

-umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali oltin medal bilan shahodatnoma 11-sinf bitiruvchilariga;

-psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni maktab-internat tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.

        Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Bitiruvchilarga shaxodoatnoma berish jarayonidagi ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik to‘siqlarga barham beriladi.

Shaxodatnomani yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun tashkilotma tashkilot ovora bo‘lib yurmasdan istalgan vaqtda elektron tizimdan qayta yuklab olishi mumkin.

 

Bo‘ka tuman adliya bo‘lim boshlig‘i U.Boltayev