Янгиликлар
Voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb etish tartibi
Voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb etish tartibi
Amaldagi Mehnat kodeksining 239-moddasida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart boʻlib, belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanishi va rad etilganda sudga shikoyat qilish tartibi belgilangan.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtgandan keyingina ishga qabul qilinadilar.
Mehnat kodeksining 240-moddasida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda boʻlishi, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanishi koʻrsatib oʻtilgan.
241-moddasida hamda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sogʻligʻi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish va oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning belgilab qoʻyilgan normadan ortiq ogʻir yuk koʻtarishlari va tashishlari hamda 245-moddasida esa, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 242-moddasiga asosan ish vaqtining muddati oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga haftasiga oʻttiz olti soatdan, oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma toʻrt soatdan oshmasligi belgilab qoʻyilgan.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yetakchi maslaxatchisi
N.Anarqulova