Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi hamda Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida


Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi hamda Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida

Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi 2667-sonli yoʻriqnomaning (Adliya vazirligida 17.04.2015 y. 2667-son bilan roʻхatga olingan) 29-bandiga asosan bola ikki va uch yoshga toʻlgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tilda boʻlgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Adliya vazirligida 08.05.2002 y. 1136-son bilan roʻхatga olingan) 46-bandiga asosan хodim bolani parvarishlash uchun ta’tilda boʻlgan vaqtda homiladorlik va tugʻish boʻyicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tugʻish boʻyicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha kunlari uchun beriladi.

 

 

Yangiyo`l tumani adliya bo`limi yuridik

xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti                      

I.Roziqov