Янгиликлар
Yoshga doir pensiya tayinlashda ortiqcha hujjat talab qilinishi taqiqlanadi
Yoshga doir pensiya tayinlashda ortiqcha hujjat talab qilinishi taqiqlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ-4546-son) qaroriga asosan Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi:
Jumladan;
Turar joyda yashovchi shaxslar koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma;
Oila aʼzolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Qaramogʻida mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari borligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
Vafot etgan boquvchining qaramogʻidagi oila aʼzolari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Shaxsiy yordamchi xoʻjaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma
Dafn oʻtkazilganligi holatini tasdiqlash uchun maʼlumotnomalarni talab etish qatiyan taqiqlanadi.
Yangiyoʻl tuman adliya
boʻlimi bosh maslaxatchisi
O.Satimov