Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yosh shifokorlarga ustamalar toʻlanadi


       Yosh shifokorlarga ustamalar toʻlanadi

Bugungi kunda, Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan tartibli foydalanish maqsadida joriy yilning 16-yanvarida “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi.

         Mazkur nizomga asosan, Jamgʻarma mablagʻlarining 75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va 25 foizi esa, tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va taʼmirlashga sarflanishi belgilab berildi.

         Nizom talablari asosida, tibbiyot muassasasi xodimlariga tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar, yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million soʻmgacha maxsus oylik ustamalar va oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qoʻshimcha ustamalar hamda tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullariga nisbatan qoʻllaniladi.

         Ushbu oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yetakchi maslaxatchisi

N.Anarqulova