Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar


O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda.

Olmaliq shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi         B.Ro’ziyev