Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xorijda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining saqlab qolinishi


Xorijda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining saqlab qolinishi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda yashashi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilishiga sabab bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda davlat tomonidan himoya qilinishi

Xorijda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va homiyligi ostida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi va chet davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda o‘ziga berilgan barcha huquqlardan, xalqaro huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rishi shart. O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan olmaslik

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat fuqaroligiga mansubligi O‘zbekiston Respublikasida tan olinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki fuqaroligini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar bir vaqtning o‘zida chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi yoki javobgarlikdan ozod etilishi mumkin emas.

 

Olmaliq shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi         B.Ro’ziyev