Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar


O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish yoki uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

so‘rovnoma;

pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi);

nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa yashash guvohnomasi;

tirikchilikning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi yoxud manfaatdor vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning iltimosnomasi;

sudlanganlik holati yo‘qligini yoki mavjudligini tasdiqlovchi hujjat.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaga pasport yoki identifikatsiyalovchi karta (yashash guvohnomasi) ilova qilinadi.

 

Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i                                   A.Umarov