Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish muddatlari
Ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin belgilangan tartibda tuziladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga materiallarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi talabnomani uch ish kuni ichida kiritadi.
Talabnomani ko‘rib chiqish, tekshiruv o‘tkazish va xulosa tayyorlash muddati bir oyni tashkil etadi. Qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar olish zarur bo‘lganda talabnomani ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni qabul qilgan konsullik muassasasi ularni diplomatik pochta jadvalini hisobga olgan holda Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuborish uchun materiallarni Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tayyorlash muddati bir oydan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishning umumiy muddati talabnoma O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga kiritilgan sanadan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i A.Umarov