Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar


 

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.

O‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.

Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:

ichki ishlar organi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

konsullik muassasasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.

Olmaliq shahar adliya bo’limi

Yetakchi maslahatchisi                                                    B.Ro’ziyev