Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 31.01.2023 yilda “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 44-son qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 31.01.2023 yilda “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 44-son qaror qabul qilindi.
Mazkur Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
-tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
-tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
-umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
-umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
-umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
-psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
- Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
- Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
- Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi.
- Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
- Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi Mirbunyod Mirxomidov