Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

2023 yil 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YaIDXP orqali olish mumkin.


2023 yil 30 yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YaIDXP orqali olish mumkin.

 

Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:

-bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;

-tegishli bandlar tanlanadi;

-yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;

-mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi;

-So‘ngi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming so‘m) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so‘m to‘lanadi.

-Markaz xodimi buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

- Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo‘yicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.

- Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                          Mirbunyod Mirxomidov