Янгиликлар
Quyidagi holatlarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar statistik hisobotga kiritilmaydi:
Quyidagi holatlarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar statistik hisobotga kiritilmaydi:
-atrofi o‘ralgan hududlar, qo‘riqlanadigan va kirish-chiqish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida;
-transport vositalari bo‘yicha sport tadbirlari (musobaqalar, mashqlar va hokazolar) o‘tkazilayotgan paytda;
-traktor hamda boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlar uchun mo‘ljallangan asosiy ishlarni bajarish paytida (yer haydash, qazish, g‘aramlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini daladan yig‘ish, ortish-tushirish ishlari, trallerga transport vositalari va o‘zi yurar mexanizmlarni ortish-tushirish, ustunlar, tirgovuchlarni o‘rnatish va hokazolar);
-qasddan odam o‘ldirishga, ularning sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazishga (tegishli idoralarning hujjatlari asosida) tajovuz qilinganda;
-o‘z joniga suiqasd qilish yoki o‘z harakatiga javob berolmaydigan ruhiy holatda harakat qilinganda;
-tabiiy ofatlar vaqtida;
-texnika xavfsizligi va transport vositasidan foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida (dvigatelni uzatmalar qutisi qo‘shilgan holatda o‘t oldirish, transport vositalarini tirkamalar, qishloq xo‘jalik moslamalari bilan qo‘shish-ajratish paytida va hokazolar);
-harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik sozligiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda portlash, yong‘in chiqqanda;
-transport qatnovi uchun jihozlanmagan (daryo o‘zani, tog‘ yon bag‘ri, qir-adir, o‘rmonzor va hokazolar) joylarda;
-baxtsiz hodisa yuz berganda (transport vositasining harakatlanishi vaqtida haydovchi yuragining urishdan to‘xtashi, tutqanoq yoki shu toifadagi kasali bo‘lgan odamning yo‘lning qatnov qismiga o‘zini tashlab yuborishi va hokazolar) sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Gulboy Roxmonqulov