Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.01.2023 yilda “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ–20 son qaror qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.01.2023 yilda “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ–20 son qaror qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

- “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligiva madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi;

-“Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturi amalga oshiriladi;

- Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralari ko‘riladi;

Shuningdek, quyidagilar chop etiladi:

-o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan uchinchi nashri;

-“Bobur” kitob-albomi;

-Bobur asarlari lug‘ati;

-Bobur devonining mukammal nashri.

2023/2024 o‘quv yilidan OTM talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

2023 yil 1 avgustgacha o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasi yaratiladi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                      Mirbunyod Mirxomidov